Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Buyuk Britaniya Germaniyadan zirhli texnikalar xarid qiladi
Buyuk Britaniya zirhli texnikalari parkini 3 mlrd funt sterling (3,66 mlrd AQSh dollari) evaziga yangi texnikalar bilan boyitmoqchi, deb yozmoqda The Times nashri. Ma'lumotlarga ko‘ra, Britaniya yangi jangovar transport vositalarini Germaniyadan xarid qiladi.
Gazetaning yozishicha, Britaniya harbiy mulozimlari taxmin qilganlaridek, Brexit jarayoni tufayli funt sterlingning qadrsizlanishi yangi qurol-yarog‘lar ishlab chiqish loyihalarini ortga surish yoki bekor qilishga olib keladi. Nashr manbalarining aytishicha, Britaniya mudofaa vazirligi jami 800 dona piyoda jangovar mashinasi (PJM - BMP) xarid qilmoqchi.
Qayd etilishicha, ushbu rejani amalga oshirishda tender o‘tkazish bekor qilingan.
Mavzuga oid
13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
11:22 / 28.05.2025
Germaniyadagi qochqinlar soni 3,5 million kishiga yetdi
23:08 / 27.05.2025
Okeandagi oldi-berdi: Britaniya Chagos orolini nega topshirdi?
12:20 / 27.05.2025