Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT: Iroqdagi harbiy amaliyot Mo‘sulning 1,5 mln aholisiga xavf solmoqda
Iroqning Mo‘sul shahrini IShID jangarilaridan ozod qilish bo‘yicha jangovar amaliyot mazkur shaharda istiqomat qiluvchi 1,5 mln insonga tahdid solmoqda. Bu haqda, BMT bosh kotibining gumanitar masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Stiven O'Brayyen bayonot bergan.
"Men Mo‘sulni ozod etish bo‘yicha amaliyot 1,5 mln kishining hayotiga xavf solishidan tashvishdaman. Odamlar o‘zaro jangovar to‘qnashuvlar yoki snayperlar nishoni bo‘lishi mumkin. O‘n minglab iroqlik bolalar, erkaklar va ayollar tirik qalqon bo‘lib qolishlari ehtimol", — deyiladi O'Brayyenning bayonotida.
Bayonotda aytilishicha, janglarning shiddati va qamroviga ko‘ra, millionga yaqin inson uy joylarini tashlab qochishga majbur bo‘ladi.
"Men mojarodagi tomonlarni xalqaro huquq me'yorlariga rioya etishga hamda tinch aholi vakillarini himoya qilish va ularning o‘z ehtiyojlarini ta'minlashga imkon berishlariga chaqiraman", — deb qayd etgan O'Brayyen.
Avvalroq, Iroq bosh vaziri Haydar al-Obodiy Mo‘sulni ozod qilish bo‘yicha harbiy amaliyot boshlanganini e'lon qilgan edi.
Mavzuga oid
10:48 / 22.05.2025
BMT G‘arbiy sohilda diplomatlarga qarata o‘q uzilganini qoraladi
21:49 / 21.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
20:16 / 20.05.2025
“Global iqtisodiyot qaltis pallada” - BMT Tramp tufayli iqtisodiy o‘sish prognozini pasaytirdi
23:35 / 14.05.2025