Bild nashri Putinni Suriya uchun "jazolash yo‘llarini taklif qildi"
Bild nemis nashri Rossiya prezidenti Vladimir Putinni Yaqin Sharqda "to‘xtatish" uchun Rossiyaga qarshi 5 ta qo‘shimcha jazo choralarini qo‘llashni taklif qildi. Nashr Rossiyaga "xaytek-embargo" qo‘llash, Rossiya gazidan voz kechish, 2018 yilgi jahon chempionatiga boykot e'lon qilish, Yevropa Ittifoqiga kirish taqiqlangan rossiyaliklar ro‘yxatini kengaytirish va nihoyat, Suriyada parvozlardan xoli hududni yaratishni taklif qilmoqda.
Nashrning yozishicha, Putin O‘rta Yer dengiziga "Admiral Kuznetsov" aviatashuvchi kemasini jo‘natib, Suriyadagi ixtilofni siyosiy yo‘l bilan hal qilishdan manfaatdor emasligi haqida aniq tushuncha berdi. "Unga harbiy g‘alaba kerak", deb yozmoqda nashr.
Nashr Putinni to‘xtatish uchun Rossiyaga qarshi 5 ta jazo chorasi qo‘llashni taklif qildi.
Nashr boshiga Rossiyaga nisbatan "xaytek-embargo" kiritishni taklif qilmoqda. Uning fikricha, "xorijiy nou-xausiz, misol uchun boshqarishning elektron tizimlarisiz Rossiya zaxiralar ham ololmaydi, qurollar ham yarata olmaydi".
Bu g‘oyani Yevroparlamentning tashqi ishlar qo‘mitasi rahbari Elmar Brok ham qo‘llab-quvvatlamoqda: "Agressor urushning oqibatlari bo‘lishini bilib qo‘yishi lozim. Shuning uchun bizga xaytek-texnologiyalarga embargo kerak", deb aytdi u.
Nashr 2-jazo tariqasida ""Shimoliy oqim" va keyinchalik "Shimoliy oqim-2" gaz quvuridan voz kechishni taklif qilmoqda.
"Putin o‘z urushini gazni sotishdan olinadigan daromadlardan moliyalashtiradi. Shuning uchun biz yangi gaz quvuri qurilishining oldini olishimiz kerak", deb yashillar partiyasi mutaxassisi Omid Nuripurning so‘zlarini keltirib o‘tdi nashr.
Nashrning fikricha, keyingi jazo Yevropa Ittifoqiga kirishi taqiqlanadigan rossiyaliklar ro‘yxatini kengaytirish bo‘ladi. "Ro‘yxatni oson kengaytirish mumkin, misol uchun, “Rosneft” va “Gazprom” kabi yirik kompaniyalar rahbarlari hisobiga", deb ta'kidlamoqda nashr.
2018 yilda Rossiyada futbol bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. "Bu pullar va obro‘ keltiradi. Musobaqaning boykot qilinishi Putinga ikki karra kuchliroq zarba bo‘ladi. Xuddi shu chora 2017 yilda o‘tadigan Konfederatsiyalar kubogiga ham taalluqli", deb davom ettirmoqda nashr.
Nemis nashri oxirgi jazo chorasi sifatida Suriyada parvozsiz hududni yaratishni taklif qilmoqda. "Bu bombardimonlarni to‘xtatishning eng oydin, biroq shu bilan birga xavfli yo‘lidir. AQSh parvozlarga taqiqlovni o‘rnatish uchun Rossiya aviatsiyasiga qarshi jangovar harakatlarga tayyor bo‘lishi kerak", deb o‘z takliflarini intiholadi nemis nashri.
Mavzuga oid
20:27 / 23.11.2024
Suriya hududidan eng qadimiy alifbo topildi
17:53 / 23.11.2024
AQSh razvedkasi Putinning xorijdagi muxoliflari o‘ldirilishiga oid maxfiy hujjatlarni qisman ochiqladi
16:33 / 23.11.2024
Merkel: Menda hech qachon Putin bo‘yicha illyuziyalar bo‘lmagan
12:21 / 23.11.2024