Jahon | 19:07 / 20.10.2016
28275
2 daqiqa o‘qiladi

Hijobli boshlovchi musulmonlarga qarshi "ov mavsumi" boshlanishidan ogohlantirdi

Foto: @fatimamanji

Britaniyaning Channel 4 telekanalida faoliyat yurituvchi  yangiliklar boshlovchisi Fotima Manji musulmonlarga qarshi ov mavsumining boshlanishidan ogohlantirdi. U Matbuot standartlari mustaqil tashkilotining (IPSO) The Sun sobiq bosh muharriri Kelvin Makkenziga qo‘yilgan ayblovning qaytarib olinishiga doir qaroriga shu tarzda munosabat bildirdi. Bu haqida The Guardian xabar berdi

Makkenzi Nitstsadagi teraktga bag‘ishlangan ko‘rsatuvda boshlovchining hijobda paydo bo‘lishini noo‘rin, deb hisobladi va bu mavzuda The Sun'da tanqidiy maqola chop etdi. 19 oktabr kuni IPSO bosh muharrirning o‘z fikrini erkin bildirish huquqiga ega ekanligini ma'lum qildi. 

Boshlovchi professional tashkilot qaroridan norozi ekanligini yashirib o‘tirmadi. Uning fikricha, IPSO irqiy kamsitishga yo‘l qo‘ymoqda. "Makkenzining terakt sodir etgan kishiga mening munosabatim haqida istagan gapni yozishi yoki taxmin qilishi boshqalarning ham hujumga tayyor ekanligidan dalolat beradi", - dedi u. 

Makkenzining maqolasi 18 iyul kuni, Nitstsa teraktidan bir necha kun o‘tib tabloid sahifalarida paydo bo‘ldi. Muallif "musulmon kishisi tomonidan amalga oshirilgan yana bir dahshatli jinoyatni" hijob o‘ragan qiz yoritganini noo‘rin, deb hisoblagandi. O‘shanda jurnalistlar The Sun nashrini qat'iy tanqid ostiga olishgandi. 

 

Mavzuga oid