Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Quvnoq masxarabozlar qo‘rqinchli masxarabozlarga qarshi chiqdilar
Lotin Amerikasining bir necha yuz professional masxarabozlari butun dunyo bo‘ylab masxaraboz kiyimida odamlarga hujum qilish ommalashganini qoralab chiqdilar va bu artistlarning imijiga ziyon yetkazishini aytdilar.
Mexikoda har yili bo‘lib o‘tadigan masxarabozlar yig‘ilishi ishtirokchilari namoyish o‘tkazishgan va unda "Biz masxarabozlarmiz, qotillarmasmiz!", degan shiorlarni hayqirganlar.
"Biz masxarabozlar yaxshi odamligimizni va o‘z ishimizni professional darajada qilishimizni ko‘rsatmoqchimiz", deb aytdi Reuters axborot agentligiga Xoy Xoy laqabli masxaraboz.
"Lotin Amerikasi masxarabozlari birodarligi" uyushmasi prezidenti Tomas Moralesning aytishicha, agar odamlar yangiliklarda yomon masxarabozlarni ko‘rsalar, ular machete yoki to‘pponcha olib, masxarabozlarni o‘ldirishga borishlari mumkin.
Oxirgi oylarda dunyoning ko‘plab davlatlarida qo‘rqinchli masxaraboz kiyimidagi kimsalar odamlarni qo‘rqitayotgani haqida xabarlar berilmoqda. Bunday xabarlar Buyuk Britaniya, AQSh, Avstraliya va Braziliyadan kelib tushgan.
Ba'zi davlatlarda shu sababli maktablar qo‘riqlanishi kuchaytirilgan, do‘konlarda esa masxarabozlar kiyimlari va niqoblari sotilishi to‘xtatilgan.
Shuningdek, "Makdonalds" tamaddixonalar tarmog‘i ba'zi restoranlari oldida kompaniyaning ramzi bo‘lgan masxaraboz Ronald Makdonaldning haykalini qo‘yishni bas qildi.
Mavzuga oid
18:45 / 13.05.2025
Xitoy Lotin Amerikasi davlatlariga 9,2 mlrd dollar kredit va vizasiz rejim taklif qildi
00:00 / 17.03.2025
Tramp Lotin Amerikasiga giyohvand moddalarga qarshi kurashda yordam ko‘rsatishni to‘xtatdi
16:00 / 20.02.2025
AQSh Lotin Amerikasidagi 8 ta kartelni terrorchi tashkilotlar ro‘yxatiga kiritdi
22:40 / 18.04.2024