Jahon | 17:15 / 23.10.2016
22575
2 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an: Mo‘sul bizniki edi

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an ma'lum qildiki, ayni vaqtda IShID jangarilari qo‘lida bo‘lgan Iroqning Mo‘sul shahri qachonlardir Turkiyaga qarashli edi.

U bu haqda Bursa shahridagi chiqishi chog‘ida aytib o‘tgan. 

«Shuni tushunish kerakki, Iroqda ko‘plab qadimiy shaharlar bor. Tarixda Kirkuk bizniki edi. Mo‘sul ham bizniki bo‘lgan», degan u.

Uning eslatib o‘tishicha, u milliy paktni esga olishi ko‘pchilikka yoqavermaydi (Misak-i Milli, Usmoniylar imperiyasining oxirgi parlamenti tomonidan qabul qilingan 6ta muhim qaror - tahr.).

Turkiya milliy majlisi saytida «Usmoniylar imperiyasi o‘rnida paydo bo‘lgan davlat Misak-i Milli qarorlaridan juda xavotirda bo‘lishgan».

«Nega bu ularga yoqmagan? Men sizlarga shunchaki tarixdan saboq beraman, siz buni tushunishingiz kerak», — deya qo‘shimcha qilgan prezident.

U G‘arbning xatti-harakatlarini tanqid ostiga olib, G‘arb mamlakatlari Iroq va Suriya uchun «amalda hech ish qilishmaganini» aytib o‘tgan.

«Hozircha ular hech ish qilishmadi, ular faqat nimadir qilayotgan bizga xalal berishmoqda», — deya qayd etgan Erdo‘g‘an.

Bundan oldinroq, Turkiya bosh vaziri Binoli Yildirim Turkiya Iroqda zarur choralarni ko‘rishga tayyorligi haqida aytib o‘tgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid