Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston hukumati iste'foga chiqadi
Qirg‘iziston parlamentidagi prezident tarafdorlaridan iborat sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasi parlament koalitsiyasidan chiqishini e'lon qildi. Bu fraksiyaning parchalanishi va hukumatning iste'fosini anglatadi.
"Sotsial-demokratik partiya ko‘pchilik tarkibini tark etadi", - degan parlament fraksiyasi rahbari Iso Omurkulov.
Uning tushuntirishicha, prezident bo‘lib saylanguncha, Almazbek Atambayev rahbarlik qilgan Qirg‘iziston SDP koalitsiyani "siyosiy qarashlar mos tushmasligi" shunday qarorga kelgan. 24 oktabr kuni bo‘lib o‘tgan fraksiya majlisida shu haqda qaror qabul qilingan.
Mamlakat Konstitutsiyasi talabiga muvofiq, ko‘pchilikni tashkil etiluvchi fraksiyadan biri ko‘pchilik koalitsiyasini tark etsa, u parchalangan hisoblanadi va hukumatning iste'fosiga olib keladi. Qirg‘izistonning 2015 yil oktabrida shakllantirilgan parlamentida oltita fraksiya bo‘lib, shundan to‘rttasi, ya'ni sotsial-demokratlar, "Qirg‘iziston", "Onuguu-Progress" va "Ata-Meken" partiyalari koalitsiyaga birlashgan edi. O‘shanda, hukumatni shakllantirish huquqini prezident taraf sotsial-demokratik partiyasi qo‘lga kiritgan edi.
Sooronboy Jienbekov rahbarligidagi hozirgi hukumat shu yilning aprelida shakllantirilgan edi. Qonunga ko‘ra, davlat rahbari hukumat iste'fosidan 3 kun ichida bironta partiyaga parlament koalitsiyasini shakllantirish vazifasini topshiradi.
Mavzuga oid
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
20:42 / 20.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
20:07 / 20.05.2025