Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samsung xalqaro aeroportlarda Galaxy Note 7 almashtirish punktlarini ochadi
Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi aeroportlarda Galaxy Note 7 smartfonlarini almashtirish punktlarini tashkil etmoqda, deb xabar qilgan The Verge. Shu yo‘l bilan ishlab chiqaruvchi yo‘lovchilarni so‘nggi pallada xavfli telefonlaridan xalos qilmoqchi.
Birinchi shunday xizmat ko‘rsatish Koreya respublikasi aeroportlarida yo‘lga qo‘yilgan, deb yozadi nashr.
Samsung shuningdek, shu kabi almashtirish nuqtalari Avstraliyada ham ochilishini rasman tasdiqladi. AQShda ham shu kabi xizmat taklif etilishi haqida xabarlar bor.
Bu punktlar nazorat hududlari oldida joylashtiriladi. Foydalanuvchilarga smartfonni aynan qanday modelga almashtirish taklif etilayotganiga oydinlik kiritilmagan.
Tahlilchilarning fikricha, Galaxy Note 7 smartfoni qaytarib olingani va ishlab chiqarishdan to‘xtatilganiga qaramay, yana 1 mlndan ortiq shu modeldagi smartfon foydalanishda.
Avvalroq, AQSh va Yaponiyada Samsung Galaxy Note 7 telefonlarini samolyotlarga olib chiqish taqiqlangani xabar qilingan edi.
Mavzuga oid
10:43 / 26.05.2025
“Koreyada olgan tajribani qishlog‘imda qo‘llamoqchiman” – bo‘sh yerlarni o‘zlashtirayotgan shahrixonlik yigit
00:47 / 24.05.2025
Janubiy Koreya loukosteri Seul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi
17:55 / 12.05.2025
Apple deyarli butunlay shisha iPhone chiqaradi
17:25 / 07.05.2025