Jahon | 10:15 / 25.10.2016
5285
1 daqiqa o‘qiladi

Urugvayning sobiq prezidenti 89 yosh arafasida vafot etdi

Foto: EPA

Urugvayning sobiq prezidenti Xorxe Batle 89 yoshga to‘lishiga bir kun qolganida olamdan o‘tdi. Bu haqda sobiq davlat rahbari yotqizilgan "Santo amerikano" shifoxonasi vakillari ma'lum qilishgan.

"Afsuslar bo‘lsinki, tibbiyot xodimlari ko‘rgan chora-tadbirlar yetarli bo‘lmadi va klinik kartinada o‘zgarishlar yuz bermadi. Bir necha kun oldin shifoxonaga keltirilgan doktor Batle o‘ziga kelmasdan vafot etdi", degan manba.

Ma'lum qilinishicha, marhum 13 oktabr kuni yiqilib jiddiy jarohat olishi oqibatida shifoxonaga olib kelingandi.

Xorxe Batle o‘ngmarkazchilar partiyasi bo‘lmish "Kolorado" namoyondasi sifatida 2000-2005 yillarda mamlakatni boshqargandi. 2002 yilda uning tashabbusi bilan Urugvay va Kuba munosabatlari uzilgan. Bundan tashqari, uning boshqaruvi Janubiy Amerikada tarixidagi eng jiddiy iqtisodiy inqiroz davriga to‘g‘ri kelgandi.

Mavzuga oid