Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tadqiqot: Niderlandiyada dahshatli zilzila yuz berishi mumkin
Janubiy Koreya va niderlandiyalik olimlar, Niderlandiyaning Groningen viloyatida dahshatli zilzila yuz berishi mumkinligidan ogohlantirmoqda. Ular Yevropa iste'mol qiladigan tabiiy gazning 10 foizga yaqini qazib olinadigan hududni o‘rganishgani haqida arXiv.org saytida e'lon qilishgan.
Olimlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, 2025 yilga kelib, yiliga kamida bir marta 4 balldan yuqori yer silkinishlari ro‘y beradi. 2025 yilda 5 balldan yuqori zilzila yuz berishi ehtimoli bir foizga teng.
Mutaxassislar Groningen viloyatida so‘nggi 10 yil mobaynidagi seysmik faollik o‘sish sur'atlari va geofizik tadqiqotlar natijalarini tahlil qilib, laboratoriya tajribalari o‘tkazgach, shunday xulosaga kelishgan. Olingan natijalarni Gutenberg-Rixter bog‘liqligini hisoblab chiqishda foydalanishgan. U zilzilalar davriyligi va kuchi o‘rtasidagi aloqani aks ettiradi.
Groningen viloyatida tabiiy gaz koni zaxirasi bo‘yicha dunyoda sakkizinchi o‘rinda turadi. Uning ishga tushirilishi bilan 1970 yillarda mamlakatda «gollandiya xastaligi» tushunchasi — iqtisodiyotning tabiiy zaxiralarni qazib olishga o‘ta bog‘liqlikni anglatuvchi ibora paydo bo‘lgandi.
600 mingga yaqin kishi istiqomat qiluvchi Groningen viloyatining katta qismi dengiz sathidan pastda joylashgan. Tabiiy gazning faol qazib olinishi natijasida yer yuzasi cho‘kmoqda. 1986 yildan beri 3,6 ballgacha texnogen zilzilalar ro‘y berib turadi.
Mavzuga oid
13:09 / 26.05.2025
Niderlandiya Ukrainaga F-16'ning so‘nggi partiyasini yetkazib berishni yakunlayapti
10:43 / 26.05.2025
“Koreyada olgan tajribani qishlog‘imda qo‘llamoqchiman” – bo‘sh yerlarni o‘zlashtirayotgan shahrixonlik yigit
00:47 / 24.05.2025
Janubiy Koreya loukosteri Seul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi
20:30 / 17.05.2025