Nissan furgondan avtoidora barpo qildi
Yaponiyaning Nissan kompaniyasi e-NV200 elektrfurgoni negizida g‘ildirakli idora barpo qildi. Ishlab chiqaruvchi tomonidan WORKSPACe deb nomlangan avtomobil biznes markazlaridagi qimmat idora binolari, kovorking va so‘nggi vaqtlarda ommalashib borayotgan hotdesking (bir necha kishining turli vaqtlarda bir ish o‘rnidan foydalanishi) o‘rnini bosishi mumkin.
Furgon Britaniyaning Studio Hardie dizayn studiyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan. NV200 kuzovining hajmi — 4,2 kub metrni tashkil etadi.
Avtomobil ichida haqiqiy ish joyi barpo etilgan deyish mumkin: stol, sensor ekranli kompyuter, simsiz internet, Bluetooth-audiotizim, smartfon vositasida boshqariluvchi atmosferali yorug‘lik diodli chiroq, telefon uchun simsiz quvvatlagich, muzlatgich va hatto, elektrsimni tortish bilan stol ostidan chiquvchi qahva tayyorlovchi mashina ham o‘rnatilgan.
Nissan e-NV200 furgoni Leaf elektrokarining 109 ot kuchiga ega elektromotori bilan harakatlanadi. Uning harakatlanish zaxirasi 170 kmni tashkil etadi.
Mavzuga oid
19:55 / 11.11.2024
Yaponiyada Ishiba hukumatining yangi tarkibi tasdiqlandi
17:59 / 11.11.2024
Yaponiyaning asosiy meteorologik sun’iy yo‘ldoshi ishdan chiqdi
23:27 / 10.11.2024
Yaponiya Harbiy-dengiz kuchlariga tegishli kemada yong‘in chiqdi
20:03 / 08.11.2024