Jahon | 11:15 / 28.10.2016
6622
2 daqiqa o‘qiladi

Filippin prezidenti boshqa so‘kinmaslikka va'da berdi

GETTY IMAGES

Filippin prezidenti Rodrigo Duterte ma'lum qildiki, u xudoga boshqa so‘kinmaslikka va'da bergan.

Yaponiyadagi 3 kunlik tashrifdan so‘ng o‘z ona shahri Davaoga kelgan Duterte samolyotdaligida xudo bilan "gaplashganini" aytgan. Bu haqda The Wall Street Journal xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, samolyotning barcha yo‘lovchilari uxlab yotganida u "o‘ziga gapirayotgan Xudoning ovozini eshitgan.

Unga eshitilgan ovoz agar u so‘kinishni bas qilmasa, samolyotni qulatishini aytgan. Natijada u Xudoga bundan keyin so‘kinish va haqoratlash so‘zlarini ishlatmaslikka va'da qilgan.

Davaoda Duterte aytdiki, Xudoga bergan va'dasi filippinliklarga bergan va'dasi o‘rniga o‘tadi.

Filippin prezidenti mojaroli chiqishlari bilan ma'lum. Avvaliga u prezident Barak Obamani "fohishaning bolasi" degandi. Shundan so‘ng, Obama Duterte bilan uchrashishdan bosh tortdi. 

Duterteda BMT ekspertlari bilan ham ziddiyat yuzaga kelgan. Ular prezidentni Filippinda giyohvandlikka qarshi kurash kampaniyasini ommaviy qotilliklarga aylantirib yuborganlikda ayblashgan. Bunga javoban Duterte ularni "ahmoqlar" deb atadi va Filippinning BMTdan chiqishi bilan tahdid qildi.

Duterte o‘zini Gitler bilan ham tenglashtirdi. Uning bu chiqishi Germaniyada qattiq qoralandi.

Duterte kampaniyasi davomida 4 mingga yaqin kishini o‘ldirgan bo‘lsada Filippin xalqi orasida katta nufuzga ega bo‘lib qolmoqda.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid