Jamiyat | 14:48 / 28.10.2016
41537
1 daqiqa o‘qiladi
Toshkentda haydovchi avtohalokatdan keyin ikkiga ajralgan avtomobil ichidan tirik chiqdi
Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi "Voditeli Tashkenta" guruhi foydalanuvchilari Toshkent-Yangiyo‘l trassasida ro‘y bergan dahshatli avtohalokatni muhokama qilishmoqda.
Guruhga joylashtirilgan suratlarda Spark avtomobili simyog‘ochga kelib urilgach, ikkiga ajralganini ko‘rish mumkin. To‘qnashuv shu qadar kuchli bo‘lganki, simyog‘och mashinaning old o‘rindiqlari orasida qolgan. Avtomobil haydovchisi mo‘'jiza tufayli omon qolgan.
Avtomobil butkul majaqlanib ketgan va qayta tiklab bo‘lmas holatga kelgan.
Taxminlarga ko‘ra, Spark haydovchisi rulda uxlab qolgan yoki mast holda bo‘lgan va mashina katta tezlikda simyog‘ochga kelib urilgan.
Mavzuga oid
18:07
IIV tuzilmasida Doniyor Toshxo‘jayev va yana ikki mansabdor lavozimidan ozod etildi
18:52 / 23.11.2024
Prezident Toshkentda «Xushnud» mahallasi aholisi bilan uchrashdi
16:37 / 23.11.2024
Shavkat Mirziyoyev: Tadbirkor - iqtisodiyot poydevori, davlat tayanchi
10:51 / 23.11.2024