Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreya prezidentining reytingi rekord darajada tushib ketdi
Koreya Respublikasining davlat rahbari Pak Kin Xening mamlakat fuqarolari orasidagi obro‘si keskin tushib ketdi. Gallup institutining Janubiy Koreyadagi bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rov natijalariga binoan uning reytingi 17 foizni tashkil etmoqda. Bu haqda “Yonxap” agentligi xabar qilmoqda.
Ta'kidlanishicha, bir hafta ichida davlat rahbari obro‘si birdaniga 8 foizga tushgan va bugungi kunda Pak Kin Xeni mamlakatning 17 foiz aholisi qo‘llab-quvvatlamoqda. Bunday quyi natija uning saylanganidan beri ilk marta kuzatilmoqda.
Pak Kin Xening davlat rahbari lavozimida olib borayotgan siyosatini ma'qullamayotganlar soni, tadqiqotlarga ko‘ra, 74 foizga yetgan.
Mavzuga oid
19:49 / 27.05.2025
O‘zbekiston eng tinch davlatlar reytingida 60-o‘rinni egalladi
10:43 / 26.05.2025
“Koreyada olgan tajribani qishlog‘imda qo‘llamoqchiman” – bo‘sh yerlarni o‘zlashtirayotgan shahrixonlik yigit
00:47 / 24.05.2025
Janubiy Koreya loukosteri Seul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi
20:13 / 16.05.2025