Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangiyo‘lda diplomatik vakolatxona mashinasi va traktor YTHga uchradi
30 oktabr kuni feysbukdagi «Voditeli Tashkenta» guruhida Shavkat Qobilov ismli a'zo Toyota rusumli mashinaning traktor bilan to‘qnashish oqibatida avtohalokatga uchragani tasvirlangan suratlarni joylashtirgan. Taxminan 15:00 atrofida Gulbahor shahri 34-mavze yaqinida yo‘l-transport hodisasiga uchragan mashina mamlakatimizdagi xorijiy diplomatik vakillardan biriga tegishli ekanligi aniqlandi. Guvohlarning ma'lum qilishicha, katta tezlikda ketayotgan Toyota mashinasini traktor urib yuborgan. Mashinada odamlar, jumladan, 10-12 yosh atrofidagi bola ham bo‘lgan. Jabrlanganlarga boshqa mashinadagi kishilar yordam berib, kasalxonaga yetkazishgan.
Ayrim foydalanuvchilar ushbu halokatda traktor haydovchisini ayblamoqda. Ba'zilar esa ushbu mavzeda ko‘plab YTH sodir bo‘lishi va voqeaga Toyota'ning katta tezlikda harakatlangani sabab bo‘lganini qayd etmoqda.
Mavzuga oid
09:12 / 23.03.2025
Dunyoda qaysi avtomobillar eng ko‘p sotilyapti?
11:26 / 13.01.2025
Toyota qurayotgan aqlli shahar kuzda aholini qabul qilishni boshlaydi
22:21 / 11.11.2024
Reuters: Toyota Xitoydagi biznes strategiyasini o‘zgartiradi
18:00 / 06.11.2024