Jamiyat | 21:21 / 30.10.2016
6211
1 daqiqa o‘qiladi

Britaniyalik uddaburon tadbirkor Pekinning ifloslangan havosini bankalarda sotmoqda

Foto: rocketnews24.com

Xitoyda yashovchi britaniyalik tadbirkor g‘aroyib sovg‘alarni sotadi. Ularning orasida Pekin shahrining ifloslangan havosining bankasi mavjud. Dominik Jonson-Xill - Pekindagi kiyimlar do‘koni egasi bo‘lib, u yaqin kunlarda bu g‘oyani amalga oshirishni boshladi. Pekin havosining bir bankasi uch dollarga yaqin turadi. 

O‘tgan yilda havo ifloslanishining eng maksimal ko‘rsatkichi aniqlangandan beri, xitoyliklar Kanada va boshqa mamlakatlardan keluvchi toza havoni sotib olishni boshlashgan. Jonson-Xill esa bu g‘oyani "teskari" qilishga qaror qildi.

Men juda ham hayratlandim, mahsulotni sotuvga qo‘yilgandan buyon, odamlar bir necha ming bankalarni sotib olishdi, - deydi Jonson-Xill. 

Biznesmen shuni ta'kidladiki, u kuniga yuzdan oshiq Pekin havosi to‘ldirilgan bankalarni sotmoqda. 

Феруза Авазова
Tayyorlagan Феруза Авазова
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid