Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerikaning USS Carney esminetsi Qora dengizni tark etdi
AQSh HDK USS Carney esminetsi Qora dengizda atigi olti kun bo‘lgach, zudlik bilan Bosfor bo‘g‘ozi orqali ortga qaytgan, deyiladi kemalarning bo‘g‘oz orqali harakatini kuzatuv boruvchi turk portalining Twitter sahifasida.
Montryo konvensiyasiga muvofiq, Qora dengiz davlatlariga tegishli bo‘lmagan kemalar Qora dengizda 21 kundan ortiq tura olmaydi.
AQSh harbiy-dengiz kuchlarining 6-operativ flotiga tegishli USS Carney esminetsi 24 oktabrda Qora dengizga kirgan edi. U Ruminiyaning Konstansa portiga kirgan, shundan so‘ng Bosfor janubiga yo‘l olgan.
USS Carney Aegis ("Ijis") ko‘pfunksiyali jangovar axborot-boshqaruv tizimi bilan jihozlangan. Esminets ballistik raketalarni urib tushirib, qanotli raketalar bilan zarba bera oladi.
Mavzuga oid
22:17 / 10.04.2025
Qora dengiz sohillaridan 100 dan ortiq o‘lik delfin topildi
11:40 / 05.04.2025
Rossiyada Qora dengizda mazut to‘kilishidan yetkazilgan zarar baholandi
10:30 / 20.01.2025
Qora dengizdagi tankerlar avariyasi Rossiyaning soyadagi floti bilan bog‘landi
02:02 / 10.01.2025