Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada Pokemon Go o‘ynab YTHni sodir etgan haydovchi sudlandi
Yaponiyada Pokemon Go o‘ynab ikki ayolni urib ketgan haydovchiga qamoq jazosi tayinlandi, deb xabar qilmoqda TASS agentligi.
Qayd etilishicha, Tokusima okrug sudi haydovchiga bir yil-u ikki oylik qamoq jazosi tayinlagan. Shu bilan, u Pokemon Go o‘yini sabab sodir bo‘lgan YTH bo‘yicha javobgarlikka tortilgan ilk fuqaro bo‘ldi.
Voqea avgust oyida yuz bergan edi. O‘shanda, 39-yoshli mikroavtobus haydovchisi yo‘lni kesib o‘tayotgan ikki ayolni urib ketgan, ulardan biri keyinroq hayotdan ko‘z yumgan edi. Bu voqea dunyoga mashhur o‘yin bilan bog‘liq birinchi o‘lim holati bo‘lgan edi.
Mavzuga oid
14:06 / 26.05.2025
Yaponiya bozori uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlari ishlab chiqiladi
15:50 / 25.05.2025
Yaponiya kemasi Rossiya bilan bahsli orol yaqinida ogohlantirishsiz o‘t ochdi
21:15 / 21.05.2025
Yaponiya qishloq xo‘jaligi vaziri guruch haqidagi gaplaridan keyin iste’fo berdi
09:05 / 21.05.2025