Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
S-Class Mersedesga yangi eng kuchli dvigatellar o‘rnatiladi
Germaniyaning Mercedes-Benz kompaniyasi S-Class tasnifidagi avtomobillari uchun yangi dvigatellarini taqdim etdi. Kompaniyaning eng mashhur modellari avvalgilaridan anchagina qudratli sakkiz va olti silindrli benzinda harakatlanuvchi hamda o‘z tarixidagi eng kuchli dizelli agregatlarga ega bo‘ladi.
Restayling qilingan S-Class mashinalariga 4 silindrli, ikkita turbinaga ega V8 motori o‘rnatiladi. Bu dvigatellarda Mercedes-AMG GT superkari va Mercedes-AMG E 63 supersedani motorlarining 4.0 texnologiyasi qo‘llaniladi.
Yangi «sakkizlik» hozirgi 455 ot kuchiga ega, 4,7 litrli V8 motorni almashtiradi. Kompaniyada qayd etishlaricha, yangi dvigatel samaradorligi eskisiga qaraganda 5 foizga oshishi barobarida, o‘rtacha yonilg‘i sarfi 10 foizga kamayadi. Bunga, silindrlarning yarmini kichik yuklamalarda to‘xtatuvchi tizim tufayli erishiladi. Mazkur tizim daqiqasiga 900dan 3250gacha aylanishda ishga tushadi.

Bundan tashqari, restayling qilingan S-Class uchun bir qatorli oltilik motor ham ishlab chiqilgan. U past kuchlanishlarda qo‘l keluvchi elektr kuchaytirgichga ega. Elektr purgagich 48 voltli tizimda ishlaydi. Bu tizim ilk bora Audi SQ7 modelining «kuchaytirilgan» sakkiz silindrli motorida qo‘llanilgan.

«Mersedes»ning yangi motori 407 ot kuchiga ega bo‘ladi. Hozirgi S-Class modellariga o‘rnatiladigan dvigatellarning kuchi esa 333 ot kuchiga tengdir.
Shu bilan birga, Mercedes-Benz kompaniyasining mashhur modellari uchun 312 ot kuchiga ega, bir qatorli «oltilik» dizel motorini ham taqdim etgan. U 257 ot kuchiga ega V6 agregatini almashtiradi. Yangi motor ushbu kompaniya tarixida og‘ir yoqilg‘ida ishlovchi eng kuchli dvigatelga aylanadi.

Mavzuga oid
13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
11:22 / 28.05.2025
Germaniyadagi qochqinlar soni 3,5 million kishiga yetdi
12:20 / 27.05.2025
Germaniya kansleri Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
23:34 / 26.05.2025