Jamiyat | 20:00 / 01.11.2016
8007
1 daqiqa o‘qiladi

Keniyada jahonda ilk bor albinoslar uchun go‘zallik tanlovi o‘tkazildi

Foto: from ASK

Keniya poytaxti Nayrobida jahonda ilk bor albinoslar uchun go‘zallik tanlovi o‘tkazildi. Bu haqda 1 noyabr kuni The Independent xabar bermoqda.

Nashrning ma'lum qilishicha, ushbu tanlov organizmida yetarli pigmentatsiya bo‘lmaganidan ozor chekuvchi kishilarga dunyo hamjamiyati e'tiborini qaratish maqsadida o‘tkazilgan. Xususan, Keniyaga qo‘shni bo‘lgan Malavi va Tanzaniya mamlakatlarida albinoslarning terisi omad olib keladi, deb hisoblashadi. Ulardan, shuningdek, sehrli damlama tayyorlash maqsadida ham foydalanib turishadi.

Go‘zallik tanloviga 10 nafar ayol va 10 nafar erkak qatnashgan.


 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid