Iqtisodiyot | 15:04 / 01.11.2016
6559
1 daqiqa o‘qiladi

Sony kompaniyasi moliyaviy hisobotini e'lon qildi

Foto: Reuters

Yaponiyaning elektronika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi Sony (NYSE: Sony Corp Ord [SNE]) kompaniyasining 2016 moliya yili II choragidagi sof daromadi keskin pasaygan. Kompaniya e'lon qilgan hisobotga ko‘ra, korporatsiya daromadi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 7 martaga kamayib, 4,8 mlrd iyen (45 mln dollar)ni tashkil etgan. 

Kompaniyaning savdo hajmi va amaliy tushumi 10,8 foizga, 1,69 trln iyen (16,1 mlrd dollar)gacha kamaygan. Bunga Sony vakillarining so‘zlariga ko‘ra, birinchi navbatda valyutalar kursining o‘zgarishi sabab bo‘lgan. Bloomberg agentligi murojaat qilgan tahlilchilar kompaniya amaliy daromadini 49,7 mlrd iyen (474 mln dollar) atrofida bo‘lishini prognoz qilishgan edi.

Shu munosabat bilan Sony joriy moliya yili uchun daromad prognozini qayta ko‘rib chiqqan. Kompaniya daromadlari kamayishi sabablaridan biri sifatida akkumulyatorlar ishlab chiqarish bo‘limining sotilganini ko‘rsatgan.

Mavzuga oid