Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lenovo smartfon ishlab chiqarishni to‘xtatadi
Xitoyning Lenovo kompaniyasi shaxsiy brendi ostida smartfon ishlab chiqarishni to‘xtatishi mumkin. Bu haqida Gizmochina nashri ma'lum qildi.
Manbaga ko‘ra, yaqin orada Lenovo'da o‘zgarishlar kutilmoqda. Kompaniyaning keyingi modellari Moto brendi ostida ishlab chiqariladi. Avvalgi nomi bilan chiqarilgan so‘nggi qurilma 8 noyabrda Xitoyda taqdim etiladigan P2 modeli bo‘ladi. U bilan bir vaqtda yangi Moto M anonsi bo‘lib o‘tadi.
Kompaniyada Lenovo brendi ostida smartfonlar ishlab chiqarilishning to‘xtatilishi rasman tasdiqlanmadi. Taxminlarga ko‘ra, P2 taqdimotida bu haqida ma'lum qilinadi.
Manbaga ko‘ra, 2014 yilning yanvarida Lenovo kompaniyasi Google'dan 2,91 milliard dollarga mobil telefonlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Motorola Mobility bo‘limini sotib olgan. Lenovo bilan tuzilgan bitim shartnomasiga ko‘ra, Amerika internet-kompaniyasi Motorola Mobility patentlarini o‘zida saqlab qoladi.
Mavzuga oid
17:55 / 12.05.2025
Apple deyarli butunlay shisha iPhone chiqaradi
17:30 / 29.03.2025
Maktablarda smartfonlarni taqiqlashning o‘zi yetarli emas – tadqiqot
15:25 / 24.03.2025
Smartfonni almashtirish uchun optimal muddat ma’lum qilindi
12:38 / 11.03.2025