Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Real» «Sporting»ga qarshi o‘yinda «Bavariya» kabi chiqindidan ishlangan libosda o‘ynaydi
Madridning «Real» klubi «Bavariya» boshlagan aksiyani davom ettiradi va atrof muhitni himoya qilish aksiyasida ishtirok etadi.

Jamoa 26 noyabr kuni Ispaniya chempionati doirasida «Sporting» klubiga qarshi o‘yinni qayta ishlangan xomashyodan tayyorlangan libosda o‘tkazadi.
Adidas kompaniyasi Maldiv orollari yaqinida to‘plangan dengiz chiqindilari, xususan plastik idishlarni qayta ishlash orqali yangi liboslarni tayyorlagan.
«Bavariya» ham 5 noyabr kuni ichki chempionat doirasida «Hoffenxaym»ga qarshi o‘yinda shunday libosda o‘ynadi.
Futbolkalarga "For the oceans" (Okeanlar uchun) yozuvi tushirilgan.

Bu aksiya orqali keng jamoatchilik e'tiborini okean suvlarining ifloslanishi muammosiga qaratish ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
09:45 / 25.05.2025
«Bernabeu» Modrich va Anchelotti bilan xayrlashdi. «Real» fanatlari ko‘z yoshlarini tiya olmadi
20:38 / 22.05.2025
Modrich «Real»ni tark etadi
21:21 / 11.05.2025
«Barsa» 7 ta gol urilgan klasikoda g‘alaba qozonib, amalda chempionlik masalasini hal qildi
18:18 / 09.05.2025