Fan-texnika | 11:35 / 08.11.2016
5366
2 daqiqa o‘qiladi

LeEco kompaniyasi rahbari naqd pullar yetishmovchiligi haqida ma'lum qildi

Foto: Tjournal.ru

Xitoyning LeEco kompaniyasi rahbari Tszya Yuiting zamonaviy texnologiyaning barcha sohalarida (smartfonlardan elektrokarlargacha) olg‘a ildamlash uchun naqd pullar yetishmovchiligi haqida ma'lum qildi. Bu haqida Bloomberg Technology xabar berdi. 

Xodimlariga bitilgan uzun maktubda Tszya Yuiting aksionerlar oldida uzr so‘ragan va o‘z daromadlarini qisqartirish hamda kompaniyani nisbatan me'yoriy o‘sishga o‘tkazishga va'da bergan.

"Hech bir kompaniyaning bizdagi kabi tajribasi bo‘lmagan: hozir bir vaqtning o‘zida ham muz, ham olov davri. Biz ko‘r-ko‘rona oldinga qarab intilyapmiz. Biz global strategiyamiz ish berishiga haddan tashqari ishonamiz. Shu bilan birga bizning kapitalimiz va resurslarimiz deyarli cheklangan". 

Tszya Yuiting, LeEco direktorlar kengashi rahbari

Tszya dastur xarajatlarini qisqartirishga doir chora-tadbirlar, mijozlar uchun subsidiyalarni kamaytirish va yangi emas, mavjud korxonalarga diqqatni qaratishga alohida to‘xtaldi. 

Fond bozori bunga hozircha LeEco aksiyalarining rekord darajada qulashi bilan javob qaytardi. 

LeEco so‘nggi oylar davomida ko‘plab bozorlarda faol reklama kampaniyasini olib bordi. Bu vaqt ichida u dastlab Rossiyada o‘zining oflayn-do‘koni ochilishi haqida e'lon qildi va 15 oktabrda mazkur g‘oyani haqiqatga aylantirdi. Shuningdek kompaniya rahbari Rossiya (ivi) va Ukraina (Megogo) videoservislarini xarid qilish rejasi haqida so‘zlab berdi. 

 

Mavzuga oid