Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda yetti yulduzli mehmonxona ish boshladi
Shanxayda shaharda birinchi yetti yulduzli mehmonxona ochildi. Wanda Reign on the Bund qurilishiga uch yil va 515 million dollar sarflandi. Bu haqida Daily Mail nashri xabar berdi.
Mehmonxonada 193 xona bo‘lib, ulardan eng kattasining maydoni 288 kvadrat metrdan iborat. Narxlar bir kechaga - 438 dollardan 1,4 ming dollargacha.
Mehmonxona xollida marmar ustunlar qad ko‘targan, pol esa - nefritdan. Devorlarda zamonaviy xitoy rassomlarining asarlari osig‘liq. U yerda fransiyalik bosh oshpaz xizmat qiluvchi restoran, shuningdek xitoy va yapon kafelari faoliyat yuritmoqda.
Mehmonxona Wanda Hotels & Resorts tarmog‘iga kiradi. U butun dunyo bo‘ylab, shu jumladan Osiyo, Shimoliy Amerika, Yevropa va Okeaniyada 100dan ortiq mehmonxonaga ega.









Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025