O‘zbekiston | 22:38 / 09.11.2016
19769
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston MDH davlatlarini o‘z transport tizimidan birgalikda foydalanishga taklif qildi

Foto:© Sputnik

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Anvar Nosirov MDH davlatlarini O‘zbekistonning rivojlangan transport tizimidan birgalikda foydalanishga taklif qildi. Bu haqda Sputnik-O‘zbekiston xabar bermoqda

“O‘zbekistonda jadal suratlarda zamonaviy yo‘l-transport va kommunikatsiya-muhandislik tizimlari qurilmoqda. Biz MDH mamlakatlaridagi hamkorlarimiz bilan ushbu yangi magistrallardan birgalikda foydalanish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishga tayyormiz”, — dedi Anvar Nosirov 8 noyabr kuni "Rossiyaning 2017 yil davomida MDHda raislik konsepsiyasi" taqdimoti marosimida.

Yangi magistrallar qatorida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Afg‘onistonning Mozori Sharif shahriga olib boruvchi "Toshguzar-Boysun-Qumqo‘rg‘on" yo‘nalishini, Toshkentdan – Samarqandga, Buxoroga va Qarshiga qadar yo‘lga qo‘yilgan tezyurar poyezdlar harakatini, yangi “Angren – Pop”  temir yo‘lini aytib o‘tdi.

 

Mavzuga oid