O‘zbekiston | 10:35 / 11.11.2016
6222
2 daqiqa o‘qiladi

YeI qishloq joylarda suv zaxiralarini boshqarishda O‘zbekistonga yordam beradi

Foto: UzDaily.uz

Germaniyaning Xalqaro hamkorlik bo‘yicha agentligi (GIZ) va O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi «O‘zbekistonning qishloq joylarida suv zaxiralarini samarali boshqarish» dasturi doirasida hamkorlik qiladi. Bu loyiha YeI tomonidan moliyalashtiriladi, deb xabar qilmoqda UzDaily.uz sayti. 

GIZ O‘zbekistonning qishloq joylarida suv zaxiralarini samarali boshqarish» dasturi doirasida «Suv xo‘jaliklari boshqaruvi va suv zaxiralarini integratsiyalashgan boshqarish bo‘yicha milliy konsepsiyasi»ning birinchi qismini amalga oshirishda ishtirok etmoqda. U 2016-2019 yillarda YeI moliyaviy ko‘magida ijro etiladi. 

Dasturning ushbu tarkibiy qismi suv zaxiralarini boshqarish bo‘yicha milliy konsepsiyani huquqiy, institutsiyaviy, tashkiliy va moliyaviy mexanizmlarini, shuningdek boshqaruv instrumentlarini yanada takomillashtirish va ularni xalqaro me'yorlarga moslashtirishni nazarda tutadi. 

O‘zbekiston qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi dastur ijrosi bo‘yicha bosh hamkor hisoblanadi. Dastur tarkibiy qismining asosiy jihati O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida tahsil olayotgan soha mutaxassislariga berilayotgan ilmiy salohiyatni rivojlantirishdir. 

Shunga ko‘ra, GIZ agentligining O‘zbekistondagi idorasi va Davlat boshqaruvi akademiyasi o‘zaro anglashuv memorandumini imzolashgan. 

Ushbu memorandum axborot almashinuvi, ilg‘or tajriba va suv zaxiralarini boshqarish hamda tomonlarning boshqa ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi bo‘lg‘usi hamkorligiga poydevor bo‘lib xizmat qiladi. 
 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid