Fan-texnika | 18:02 / 12.11.2016
10865
2 daqiqa o‘qiladi

Lexus kompaniyasi Skyjet kosmik kemasini ishlab chiqdi

Lexus kompaniyasi Lyuk Bessonning EuropaCorp kinostudiyasi bilan hamkorlikda kosmik kema yaratdi - gap 2017 yilning yozida katta ekranlarga chiqadigan "Valerian va ming sayyora shahri" ilmiy-fantastik sagasi uchun tayyorlangan Skyjet kontsepti haqida ketmoqda.

Mualliflarning fikricha, Skyjet avtomobilning 700 yildan keyin qanday ko‘rinishda bo‘lishi haqida tasavvur paydo qiladi. Skyjet'ning yaratilishida Lexus'ning bosh muhandisi Takeaki Kato va yapon markasi dizaynerlari ishtirok etishdi. Kontsept LC sport kupesi ruhidagi optikaga ega bo‘ldi.

Tasvirga olish ishlari uchun kemaning bir necha nusxasi tayyorlangan - ulardan birini kartina treylerida ko‘rish mumkin. 

"Valerian va Lorelin" grafik novellasiga asoslangan  "Valerian va ming sayyora shahri" filmi Lyuk Bessonning eng umidli loyihalaridan biri hisoblanadi. Syujyet asosiga insoniyat xavfsizligini ta'minlovchi  maxsus agentlarning faoliyati yotadi. Unda bosh rollarni Kara Delevin va Deyn DeXaan ijro etishgan. Bundan tashqari, kartinada Klayv Ouen, Itan Xouk hamda qo‘shiqchi Riannani ko‘rish mumkin. 

Mavzuga oid