Asli o‘zbekistonlik bo‘lgan Amerika fuqarosi Qirg‘izistonda o‘z o‘limini sahnalashtirdi
AQSh fuqarosi 1 million dollar miqdoridagi sug‘urta to‘lovini olish maqsadida Qirg‘iziston janubida o‘z o‘limi haqida soxta hujjatlar tayyorladi. Bu haqida Qirg‘iziston TIV xabar berdi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar fuqarosi Qirg‘izistonning janubiy O‘sh viloyatida kompensatsiya olish uchun o‘z o‘limini "uyushtirgan".
"U Qorasuv tumanidagi qabristonda soxta dafn marosimini tashkillashtirgan, hattoki qabr toshigacha o‘rnatgan. Shundan so‘ng uning qarindoshlari sug‘urta kompaniyasi va diplomatik vakolatxonalardan kompensatsiya talab qilib murojaat qilishgan", - deyiladi xabarda. Tovlamachining qarindoshlari va do‘stlari respublikaga tashrif buyurgan Amerika sug‘urta kompaniyasi vakillariga "marhum"ning qabri va ma'lumotnomani ko‘rsatishgan.
31 yoshli amerikalikning ismi sharifi oshkor qilinmadi, hozircha uni qo‘lga olishning uddasidan chiqilmadi, u xalqaro qidiruvda.
Manbaga ko‘ra, gumondor asli o‘zbekistonlik bo‘lib, o‘tgan o‘n yillikning boshidayoq doimiy yashash uchun AQShga ko‘chib ketgan. U registratsiya hujjatlaridagi yozuvlarni soxtalashtirib, o‘lim haqidagi guvohnomani olgan. Qirg‘iziston IIV xodimlarining taxminlariga ko‘ra, soxta hujjatlarni rasmiylashtirishda unga O‘sh viloyati shifoxonalaridan biridagi shifokor yordam bergan.
"Xorij fuqarosiga nisbatan respublika jinoyat kodeksining "Soxta hujjatlar, davlat mukofotlari, muhrlarni tayyorlash va soxtalashtirish" moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi", - deyiladi IIV xabarida. Shuningdek, tovlamachiga o‘lim haqidagi soxta guvohnomani olishga yordam bergan shifokor-patologoanatomga nisbatan ham jinoiy ish qo‘zg‘atilganligi qo‘shimcha qilindi.
Mavzuga oid
14:31 / 13.11.2024
Xizmatda jarohat olgan harbiylarga sug‘urta to‘lovi beriladi
20:40 / 06.11.2024
AstraZeneca aksiyalari qiymati Xitoydagi tergovlar fonida tushib ketdi
17:41 / 11.07.2024
Raqobat qo‘mitasi “Inson” AJ sug‘urta tashkilotiga nisbatan ish qo‘zg‘atdi
11:00 / 07.07.2024