Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
KXDR terma jamoasi jahon chempioni bo‘lmoqchimi?
Pxenyandagi xalqaro futbol akademiyasi murabbiyi Ri Yu Il Shimoliy Koreyaning futbol borasidagi kelgusi rejalari bilan o‘rtoqlashdi.
«Biz shogirdlarimizni shunday tayyorlaymizki, ular kelajakda super iqtidorli futbolchi bo‘lib yetishadi. Ular o‘zining harakatlari bilan xuddi Lionel Messidek boshqalardan ajralib turishi kerak.
Bugungi kunga keladigan bo‘lsak, biz Osiyoda yetakchilik qilishimiz kerak. Kelajakda esa jahon futbolida shunday natijalarga erishamiz», — degan shimoliy koreyalik murabbiy.
KXDRning norvegiyalik bosh murabbiyi Yorn Andersen esa bu bayonotga shunday munosabat bildirib o‘tgan.
«Ular Lionel Messidek iqtidorli futbolchi chiqaradi deb o‘ylamayman. Ammo ular Osiyoda muvaffaqiyat qozonishi mumkin bo‘lgan futbolchilar yetishtirib berishga qodir. Bu yerda iqtidorlar ko‘p va ular albatta o‘z mamlakatlarida qolishi kerak. Ular KXDRdan chiqib keta olmaydi», degan u.
Mavzuga oid
17:55 / 25.05.2025
KXDRda esminetsni suvga tushirishda yuz bergan avariya ishi bo‘yicha uch kishi hibsga olindi
20:05 / 22.05.2025
KXDRda yangi esminetsni suvga tushirish vaqtida «jiddiy avariya» yuz berdi
19:20 / 10.05.2025
Kim Chen In Rossiyani G‘arb tajovuzidan himoya qilishga va’da berdi
17:46 / 09.05.2025