Jahon | 09:40 / 16.11.2016
13286
1 daqiqa o‘qiladi

Putin ikki million dollar pora olgan amaldorni o‘z lavozimidan ozod etdi

Arxiv surat / "Novaya gazeta"

Rossiya prezidenti Vladimir Putin iqtisodiy taraqqiyot vaziri lavozimidan ozod etish borasidagi qarorga imzo chekdi. Bu haqda jurnalistlarga prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma'lum qilgan.

Avvalroq Moskva Basman tuman sudi ikki million dollar miqdorida pora olganlikda ayblanayotgan Aleksey Ulyukayevni tergov so‘roqlari o‘tkazish maqsadida uy qamog‘i jazosiga hukm etgan edi. U bu jazoni 2017 yilning 15 noyabrigacha o‘tashi ma'lum qilingan. Shuningdek, unga ko‘chada sayr etish, shifokor huzuriga borish kabi ishlar ham taqiqlangan.

Ulyukayev va uning vakillari bu jazo choralarini yengillashtirishni so‘rashgan. Uning advokati esa mijoziga taqalayotgan aybga dalil-isbot yo‘qligini ma'lum qilgan.
 

Mavzuga oid