Jahon | 09:02 / 18.11.2016
6682
1 daqiqa o‘qiladi

YeI va AQSh o‘rtasidagi erkin savdo bitimi barbod bo‘lishi mumkin

Foto: © AP

GFR kansler Angela Merkelning bayonot berishicha, ayni vaqtda AQSh va YeI o‘rtasida erkin savdo bitimini tuzish istiqbollarini ko‘rmayapti. Bu haqda, The Local nashri yozmoqda.

U AQSh prezidenti Barak Obama bilan Berlinda o‘tkazgan uchrashuvidan so‘nggi matbuot anjumani chog‘ida shunday fikrni bildirgan. 

«Men har doim Qo‘shma Shtatlar bilan erkin savdo shartnomasini tuzishga faol harakat qilganman. Biz muzokaralarda ancha ilgarilab ketdik, biroq, hozircha u imzolanmaydi», — degan Merkel.

Ta'kidlanishicha, AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp ushbu shartnomaning qabul qilinishiga qarshi chiqmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday shartnoma AQSh fuqarolari uchun ish o‘rinlari qisqarishiga olib keladi. 

Sentyabr oyida Germaniya va Avstriyada ham ushbu shartnomaga norozilik mitinglari tashkil etilgan edi. 


 

Mavzuga oid