Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hyundai kompaniyasi Xitoy bozori uchun maxsus sedanini taqdim etdi
Janubiy Koreya avtomobil gigantining yangi modeli Xitoy bozori uchun maxsus ishlab chiqilgan. Shu bois, uning rasmiy taqdimoti ham Guanchjou avtoko‘rgazmasida bo‘lib o‘tdi.
Celesta deb nomlangan sedan suratlarini Autohome nashri havola qilgan. Uning dizayni brendning yangi korporativ uslubida ishlab chiqilgan. Ammo, xitoylik mijozlar xohish-istaklari ham e'tiborga olingan.
Hyundai Celesta Xitoy bozoriga 1,6 litr hajmli, 123 ot kuchiga ega benzinli dvigatel bilan chiqariladi. Unga olti bosqichli «mexanik» yoki «avtomat» uzatmalar qutisi o‘rnatiladi.
Hozircha, Celesta sedanini savdosi qachon boshlanishi, uning narxiga oydinlik kiritilmagan.

Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025