Sport | 21:05 / 20.11.2016
16908
1 daqiqa o‘qiladi

Yevropa millatlari kubogi finalida rossiyalik va gruziyaliklar kurashchilar mushtlashib ketishdi

Buxarestda erkin kurash bo‘yicha bo‘lib o‘tgan Yevropa millatlari kubogi musobaqasi finalida Rossiya va Gruziya terma jamoalari uchrashdi. Uchrashuv vaqtida sportchilar orasida nizo chiqib, tez orada ommaviy mushtlashuvga aylanib ketdi. Ba'zilar janjalkashlarni ajratib qo‘yishga harakat qilsa, boshqalar esa aksincha mushtlashuvga yanada zo‘r berganlar.

Oxir-oqibat uchrashuv bir muddatga to‘xtatib qo‘yilgan. Uchrashuv hakamlari sportchilarga xos bo‘lmagan xatti-harakatlar uchun gruziyalik Zurab Datunashvili va rossiyalik Imil Sharafetdinovni musobaqadan chetlashtirdilar.

Uchrashuv Gruziya terma jamoasining 6:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Rossiyalik sportchilar esa kumush medallar bilan kifoyalanib qolishdi.

Mavzuga oid