Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada O‘zbekiston fuqarolari qo‘lga olindi
Otaturk nomidagi Istanbul xalqaro aeroportida 9,5 mln dollar miqdoridagi pulni noqonuniy ravishda olib o‘tishga uringan 7 kishi qo‘lga olingan. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar tarqatdi.
Qo‘lga olinganlar orasida O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari bor. Politsiya bu shaxslar nima maqsadda Turkiyaga kelganini aniqlashga harakat qilmoqda. Ular ayni vaqtda nazorat ostida va tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Qo‘lga olinganlarga uzoq muddatli qamoq jazosi tahdid qiladi.
Qayd etish kerakki, Turkiya huquq-tartibot organlari noqonuniy moliyaviy operatsiyalar va jinoiy yo‘l bilan topilgan pullar yig‘ilishiga qarshi qattiq kurash olib boradi.
Mavzuga oid
15:02 / 23.05.2025
Istanbulda O‘zbekiston fuqarolarini ishga joylashtirish masalasi muhokama qilindi
18:21 / 18.05.2025
Ispaniyada yuzlab boshpanasizlar aeroportni «egallab oldi»
19:10 / 17.05.2025
Istanbul aeroportida tanasiga oltin yashirgan o‘zbekistonlik ayollar ushlandi
13:33 / 17.05.2025