AQShning eng yangi esminetsi Panama kanalida buzilib qoldi

Foto: © AP
AQSh 2016 yil oktabrda foydalanishga kiritgan eng yangi esminetsi USS Zumwalt Panama kanalidan o‘tayotgan paytda buzilib qoldi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, harbiy kema dvigatelidagi issiqlik almashgichidagi nosozlik sababli to‘xtab qolgan. Nosozlik tufayli kemaning turli tizimlari, jumladan datchiklar va qurollar elektr ta'minotidan uzilib qolgan.
Esminets San-Diyegodagi doimiy joyiga ketayotgan bo‘lgan, biroq nosozlik tufayli Panamaning Balboa shahridagi Rodman bazasiga shataklanib olib borilgan.
Mutaxassislarning fikricha, kema umidlarni oqlay olmayapti, u buzilishlarga moyilligidan tashqari, uning ekspluatatsiyasi hattoki AQSh armiyasi uchun ham qimmatlik qilmoqda.
Kema AQSh harbiy-dengiz kuchlari tarkibiga rasman 15 oktabrda kiritilgan. Kema AQSh floti tarixidagi eng qimmat kemalardan biri hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
O‘qituvchilarni ovoz yig‘ishga majburlagan maktab direktori ishdan olindi
O‘zbekiston | 11:20 / 14.03.2025
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi
Jahon | 23:00 / 13.03.2025
“Xitoy bilan oramiz buzilishini istovchi davlatlar bor” – tarmoqdagi dolzarb mavzu haqida suhbat
O‘zbekiston | 15:17 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
Mavzuga oid

18:03 / 14.03.2025
Tramp Pentagonga Panama kanalini egallash bo‘yicha harbiy reja tayyorlashni buyurdi

17:18 / 22.01.2025
Panama Trampning tahdidlari ustidan BMTga murojaat qildi

14:17 / 26.12.2024
OAV: Tramp Panama kanalini olishga jiddiy qaror qilgan

16:18 / 24.12.2024