Sport | 10:28 / 22.11.2016
8096
1 daqiqa o‘qiladi

Daniyada kuchli shamol golga sababchi bo‘lishiga bir baxya qoldi

Daniya chempionatining 17-turi doirasida «Syonneryyusk» va «Midtyullann» jamoalari o‘rtasida kechgan bahsda kuchli shamol golga sababchi bo‘lishi mumkin edi.

74-daqiqada mehmonlar darvozaboni Yoxan Dalin to‘pni o‘z hududida turib tepdi, ammo to‘p kuchli shamol qarshiligiga uchrab, orqaga yo‘naldi. Raqib hujumchilari bu vaziyatdan foydalanib, to‘pga egalik qilishi mumkin edi, ammo Dalin oldinga chiqib, uni to‘xtatdi va to‘pni ushlab oldi. Lekin u bu vaziyatda raqib futbolchisiga qarshi qoida buzgani uchun jarima zarbasi belgilandi. Bu xavfli vaziyat ham mehmonlar tomonidan bartaraf etilgan.

Lekin mezbonlar baribir maqsadlariga erishdi, o‘yinning 85-daqiqasida urilgan gol hisob 1:0 bo‘lishini ta'minladi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid