Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Suriyadagi kurdlar ustiga hujum boshlanishi haqida ma'lum qildi
Turkiya qurolli kuchlari qo‘llab-quvvatlayotgan "Suriya ozodlik armiyasi" Al-Bob shahri IShID jangarilaridan ozod qilinishi ortidan Manbij shahriga hujum boshlaydi. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an ma'lum qilgan.
"Al-Bob olingach, biz Manbijga yurish qilamiz. U yerda suriyalik kurdlarning terroristik tashkiloti joylashgan.
Ular sharqqa ketishlari kerak. Ular shunga va'da qilishgandi. Ularning bir qismigina ketgani haqida aytishmoqda. Axir bu yer ularniki emas, bu yerda azaldan arablar yashab kelgan. Arablar o‘z yerlarida yashashda davom etaverishsin, bizning bu hududga da'volarimiz yo‘q", — degan Erdo‘g‘an Anqaradagi harbiy akademiya bitiruvchilari qarshisida qilgan chiqishida.
U qo‘shimcha qilganki, Turkiya xavfsizligi ta'minlanishi uchun, xavf chegaraga qadar yetib kelishini kutib turmaslik kerak, bil'aks, uni uzoqroqda bartaraf etmoq lozim.
Turkiya armiyasi shu yilning 24 avgustida IShIDga qarshi kurash doirasida Suriya shimoliga tanklarini olib kirdi va "Frot qalqoni" amaliyotini boshladi. Keyinroq harbiy harakatlar Suriya shimolidagi kurdlarga qarshi ham qaratilgani ma'lum bo‘ldi.
Erdo‘g‘anning iddao qilishicha, Turkiya Suriya shimolida qochqinlar uchun 5 ming kv km maydonda xavfsiz hudud barpo etmoqchi.
Suriya shimolida turkiyalik harbiylar mahalliy kurd bo‘linmalariga doimiy ravishda hujum uyushtirib turadi, ular Suriyadagi kurdlarni Turkiyadagi Kurdiston ishchilar partiyasi bilan aloqador deb hisoblaydi.
Mavzuga oid
19:18 / 06.03.2025
O‘jalanning chaqirig‘i: Bu Erdo‘g‘anning hokimiyatini uzaytiradimi?
17:31 / 03.03.2025
O‘jalanning chaqirig‘i: Turkiyada kurd isyonchilari qurolli kurashni tugatmoqda
11:33 / 10.12.2024
Asad rejimi qulagach, Turkiya Suriya shimolida kurdlar bilan jang olib bormoqda
08:32 / 09.12.2024