Jamiyat | 14:19 / 23.11.2016
5058
2 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreya pensiya jamg‘armasi va Samsung kompaniyasida tintuvlar o‘tkazildi

Foto: © RIA Novosti

Janubiy Koreya prokurorlari davlat pensiya jamg‘armasi va Samsung kompaniyasi bosh qarorgohlarida tintuvlar o‘tkazdilar, deb xabar bermoqda 23 noyabrda "Ryonxap" axborot agentligi.  

Prokuratura Janubiy Koreya prezidenti ma'muriyati jamg‘armani Samsung va Cheil Industries Inc. kompaniyasi birlashishini qo‘llab-quvvatlashga majburlab unga bosim o‘tkazgani haqidagi ma'lumotni tekshirmoqda. Jamg‘arma Samsung’ning 11,6 foiz va Cheil Industries Inc.’ning 5 foiz aksiyasiga ega bo‘lgan. Prezident Pak Kin Xe va uning atrofidagilar shu tariqa mamlakatning eng yirik kompaniyasiga go‘yoki u prezidentning dugonasi Tsoy Sun Silga ko‘rsatgan xizmatlari uchun minnatdorchilik bildirmoqchi bo‘lishgan. Silning o‘ziga esa 20 noyabrda korrupsiya mojarosi bilan bog‘liq holda rasmiy ayblov e'lon qilindi. 
 
Pensiya jamg‘armasi bosh qarorgohi va uning sho‘'ba korxonasi tintuv qilinishi davomida qattiq disklar, uyali telefonlar va hujjatlar musodara qilingan. Tintuvlar Samsung’ning Seul janubidagi bosh-qarorgohidagi strategik rivojlanish bo‘limida ham o‘tkazilgan. Bu korruptsion mojaro bilan bog‘liq holda prokurorlarning kompaniyaga uchinchi tashriflari bo‘ldi. 

Prokurorlar kompaniya Silning Germaniyadagi kompaniyasi hisob raqamiga konsalting xizmatlariga to‘lov sifatida 3 mln dollar atrofida pul o‘tkazganini taxmin qilishmoqda, biroq aslida bu pullar Tsoy qizining ot sportiga o‘qishi uchun to‘langan. Bundan tashqari, Samsung Sil tomonidan nazorat qilinuvchi ikkita notijorat jamg‘armalari hisobiga 20 mln dollar o‘tkazganlikda gumon qilinmoqda. Bu jamg‘armalarning hisob raqamlariga Janubiy Koreyadagi 52 ta kompaniya va 19 ta biznes-guruh umumiy hisobda 70 mln dollarga yaqin pul o‘tkazib bergan.
 

Mavzuga oid