Sport | 04:36 / 24.11.2016
5525
1 daqiqa o‘qiladi

YeChL. V guruhi. Kurash so‘nggi turgacha davom etadi

Foto: UEFA.com

V guruhda vaziyat chigalligicha qoldi. Ikkala uchrashuvda qayd etilgan durang faqat «Dinamo Kiyev» zarariga ishladi. 

So‘nggi tur oldidan Rebrov shogirdlari yevrokuboklarda ishtirok etish uchun barcha imkoniyatlaridan mahrum bo‘lishdi. «Napoli», «Benfika» va «Beshiktosh» esa pley-offga beriladigan ikki yo‘llanma uchun kurashni davom ettiradi.

Italiya va Portugaliya klublarida 8tadan ochko bor. So‘nggi turda ikki jamoa o‘zaro kuch sinashadi. 7 ochko bilan 3-o‘rinda borayotgan «Beshiktosh»da esa bir qarashda imkoniyat ko‘proqdek.

Barcha imkoniyatlaridan mahrum bo‘lgan kiyevliklar ustidan qozonilgan g‘alaba turklarni shubhasiz keyingi bosqichga olib chiqadi.

Chempionlar ligasi. B guruhi. 5-tur

Napoli – Dinamo Kiyev – 0:0
Ogohlantirishlar: Kulibali, 75 – Sidorchuk, 19.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid