Xamesning «Real»dagi sarguzashtlari yakuniga yetmoqda
Madridning «Real» jamoasi murabbiylari shtabi, xususan, Zayndin Zidan jamoaning kolumbiyalik yarim himoyachisi Xames Rodrigesni kelgusi rejalarda hisobga olmayapti. Bu haqda Marca xabar tarqatdi.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, ispan klubi Kolumbiya termasi a'zosi bo‘lgan bu futbolchini 2017 yil yanvarida sotishga tayyor.
Qayd etilishicha, «Real» o‘zining bu futbolchisi uchun 70 mln yevro talab qiladi.
Bundan oldingi xabarlarda Xames Chempionlar ligasi guruh bosqichining 5-turida «Sporting»ga qarshi kechgan uchrashuvi vaqtida bosh murabbiyga noroziligini ifodalagan holda chigalyozdi mashqlarini bajarishga chiqmagani aytilgandi.
Joriy mavsumda 24 yoshli futbolchi 9 uchrashuvda maydoonga tushgan va bitta gol urib, 7ta golli pas muallifiga aylangan.
Transfermarkt.de portali futbolchining transfer qiymatini 70 mln yevroga baholagan, uning «Real» bilan amaldagi shartnomasi muddati 2020 yilgacha.
Mavzuga oid
10:01 / 10.11.2024
Vinida yana het-trik, lekin Madridda dahshatli muammolar
00:08 / 07.11.2024
«Real» o‘z yo‘liga tushib olishi uchun hal qilinishi kerak bo‘lgan 6 masala
13:17 / 06.11.2024
YChLda sensatsiyalar kuni. «Real» va «Siti» yutqazdi
12:52 / 27.10.2024