Jahon | 10:33 / 24.11.2016
25948
2 daqiqa o‘qiladi

Noma'lum milliarder Nazarboyevga 25 mlrd yevro sovg‘a qilmoqchi 

Foto: bloomberg.com

Janubiy-Qozog‘iston viloyati rahbari Janseit Tuymebayevning fuqarolar bilan uchrashuvi paytida erkaklardan biri barchani lol qoldirdi. Viloyatda istiqomat qiluvchi shaxs Janubiy Qozog‘istonga 5 mlrd yevro sarmoya kiritish taklifi bilan chiqdi, deb xabar berdi TVK telekanali.

Baydibek tumanilik erkakning o‘zi ham yirik sarmoya kiritmoqchi. Noma'lum bo‘lgan yirik investor ushbu viloyatga 5 milliard yevro pul kiritishi mumkinligini xabar berdi. Bunday yirik summa – 1 trillion 800 million tengedan ortiq, nafaqat hokimni, balki barchani hayratga soldi.

Maxfiy milliarder Baybek Shimirbayev uchrashuvga avtobusda keldi. Tasdiqlanmagan xabarlarga ko‘ra, sarmoyador Olma-ota shahriga 10 milliard mablag‘ yo‘naltirgan. 

Ushbu shaxs haqidagi internetda deyarli hech qanday ma'lumot yo‘q. Faqatgina, Janubiy-Qozog‘iston viloyatiga bunday mablag‘ni yo‘naltirmoqchi bo‘lgan jamg‘arma borligi ma'lum bo‘ldi.

Milliarder Qozog‘istonning 25 yilligi munosabati bilan mamlakat prezidentiga qimmatbaho sovg‘a qilishga va'da berdi.

“Mamlakat mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan men 25 milliard yevro sovg‘a qilaman. Shaxsan o‘zim prezidentga uni beraman. Janubiy Qozog‘istonga esa 5 milliard, ya'ni beshdan bir qismi. Men hech qanday naf haqida o‘ylamayapman. Bu mening Qozog‘istonim, bu mening xalqim. U eng yaxshi”, - deya aytib o‘tdi Shimirbayev.

Mavzuga oid