Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikiston prezidenti Davlat bayrog‘i bilan yorqin kelajakka va'da berdi
Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon mamlakat fuqarolarini Davlat bayrog‘i kuni bilan tabrikladi. 2009 yildan beri nishonlanadigan bayram, prezident ta'biri bilan aytganda, mustaqil respublika uchun juda muhim ahamiyatga egadir.
Rahmonning so‘zlariga ko‘ra, Davlat bayrog‘ining qabul qilinishi milliy faxr tuyg‘usi, xalqning o‘zligini anglash darajasini kuchaytirishga yordam bergan.
Tojik davlat rahbarining ishonch bildirishicha, Tojikiston xalqi vatanparvarlik sa'y-harakatlari natijasida milliy davlatchiligiga mustahkam poydevor qo‘ygan.
«Kelajakda ham Davlat bayrog‘i bilan ushbu o‘lkaning yorqin kelajagini ta'minlaymiz, Tojikiston xalqining baxtli hayoti uchun munosib sharoitlar barpo etamiz», - degan prezident.
Tojikiston milliy bayrog‘i 1992 yilda qabul qilingan. 2009 yil 24 noyabr Tojikiston Davlat bayrog‘i kuni deb e'lon qilingan edi.
Mavzuga oid
17:37 / 17.05.2025
Tojikistonda Hajga yozilganlar mablag‘larini hududni obodonlashtirish uchun sarfladi
17:55 / 14.05.2025
Tojikistonda ijtimoiy tarmoqlarda «layk» bosganlik uchun jinoiy javobgarlik bekor qilindi
17:14 / 12.04.2025
Tojikistonda internetda «layk» bosganlik uchun jinoiy jazo bekor qilindi
20:20 / 31.03.2025