Sport | 07:25 / 24.11.2016
69543
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik kurashchi Soslan Tigiyevning olimpiya medali belaruslik sportchiga berildi

O‘zbekistonlik erkin kurashchi Soslan Tigiyev 2008 yilgi Pekindagi Olimpiadada 74 kg gacha vazn toifasida qo‘lga kiritgan kumush medali Belarus vakili Murod Gaydarovga berildi. O‘zbekistonlik sportchining doping-namunasi qayta tekshirilgandan keyin Birlashgan kurash olami (UWW) shunday qaror qabul qildi. Bu haqda podrobno.uz nashri xabar bermoqda.

UWW Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi doping qo‘llagani uchun medallardan mahrum etilgan 2008 yilgi Olimpiada ishtirokchilarining qora ro‘yxatini chop etgandan keyin medallarni qayta taqsimlashga qaror qilgan. Butunjahon aksildoping agentligi qoidalariga ko‘ra doping-namunalar yangi usullar va texnologiyalar chiqqandan keyin ularni qayta tekshirish maqsadida 10 yil davomida saqlanadi. 

Medallardan mahrum etilgan sportchilar qatoriga shuningdek Pekinning erkin kurash bo‘yicha kumush medal sohibi Taymuraz Tigiyev (96 kg, Qozog‘iston), yunon-rumcha kurash bo‘yicha kumush medal sohiblari Vitaliy Ragimov (60 kg, Ozarboyjon) va Hasan Baroyev (120 kg, Rossiya) hamda bronza medal sohibi Aset Mambetov (96 kg, Qozog‘iston) kiritildilar.

 

Mavzuga oid