Ukrainaga vizalarni bekor qilishga qarshilik ko‘rsatayotgan mamlakatlar ma'lum qilindi
Yevroparlament raisi Martin Shultsning bayonot berishicha, Fransiya, Belgiya, Italiya va Germaniya pozitsiyalari tufayli Ukrainaga vizasiz tartibni joriy qilish mexanizmini ishlab chiqishning imkoni bo‘lmayapti. Bu haqda «Ukrainskaya pravda» nashri yozmoqda.
«Biz vizalarni bekor qilishni tezlashtira olmaymiz. Yevroparlamentda hamma tayyor, biz vizani liberallashtirish bo‘yicha tegishli qo‘mitalarda zarur bo‘lgan narsalarni barchasini tayyorlab qo‘yganmiz», — degan Shults.
Uning izoh berishicha, ishning ortga surilishi YeI Kengashi bilan bog‘liq. «Umid qilamanki, YeI a'zolari bir qarorga kelishadi», — deb qo‘shimcha qilgan Yevroparlament raisi.
Shultsning so‘zlariga ko‘ra, vizasiz tartib mexanizmini faqatgina Fransiya sababli kelishib bo‘lmayapti, deyish noto‘g‘ridir.
«Mening bilishimcha, Belgiya, Italiya, Germaniya va boshqa mamlakatlar ham o‘z fikrlarini qattiq himoya qilishmoqda. Bu shuningdek, Fransiyadagi saylovlar natijasiga ham bog‘liq emas, balki gap YeI a'zolarining bir to‘xtamga kela olishida», — deb ta'kidlagan Shults.
Avvalroq, Yevrokomissiya rahbari Jan-Klod Yunker 2016 yil oxirigacha Ukrainaga vizasiz bordi-keldi tartibi joriy qilinishi mumkinligi haqida so‘z yuritgan edi.
Mavzuga oid
18:24
Birinchi zarbada Bryanskkacha: Ukraina ilk marta ATACMS ballistik raketasi bilan Rossiya hududiga zarba yo‘lladi
18:21
AQSh ortidan Buyuk Britaniya ham Ukrainaga uzoq masofali raketalardan Rossiyaga zarba yo‘llashga ruxsat berdi – OAV
15:05
Duma Ukrainada jang qilayotganlarning qarzidan kechish to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi
13:31