Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yanukovich Ukrainada "rossiyalik yollanma jangchilar" bo‘lgani haqida so‘zlab berdi
Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yanukovich Donbassdagi ixtilof vaqtida Ukrainaga rossiyalik "ko‘ngilli yollanma jangchilar" jang qilgani uchun kelganlarini ma'lum qildi. Yanukovich bu haqda Rostov-Dondagi matbuot-anjumanida aytib o‘tdi. Bu matbuot-anjumani "112 Ukraina" tomonidan namoyish qilindi.
"Men sizga aytishim mumkin, mening kortejim Qrim tomonga ketayotganda, Melitopolda pistirma bo‘lgan. Bizning ilg‘or guruh uni aniqlagan. Ular u yerda tanish belgisiz bo‘lgan odamlarni aniqlashgan va xorijiy nutqni eshitishgan. Ko‘rinishicha, bular yollanma jangchilar bo‘lgan. Biz o‘shanda bu qopqondan keta olganmiz", deb eslamoqda Yanukovich.
Uning aytishicha, Ukrainaga nafaqat Rossiyadan, balki, Fransiya, Italiya, Bolqon davlatlari, Belarusdan yollanma jangchilar kelgan.
"Nima uchun Rossiyadan yollanma jangchilar ko‘proq bo‘lgan? Chunki qo‘shni hududlar o‘rtasidagi aloqalar yetarlicha davomiy va qardoshona bo‘lgan. Ayniqsa, jangarilar ko‘proq Rostov viloyati, Kuban, Voronej viloyati, Belgorod viloyatidan kelgan", deb qo‘shimcha qildi Yanukovich.
Uning aytishicha, ko‘pchilik odamlar o‘zlarining yaqinlariga, do‘stlariga yordam bergani kelishgan. Yanukovichning ta'kidlashicha, Ukrainada yuz bergan voqealar Rossiyada, ayniqsa uning chegara oldidagi hududlarida "salbiy qabul qilingan".
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025