Jamiyat | 10:39 / 26.11.2016
76985
2 daqiqa o‘qiladi

Isroil poytaxti aholisi g‘ayrioddiy hodisa guvohi bo‘lishdi

Foto: u-f.ru

Isroil poytaxti Tel-aviv shahri aholisi shahar osmonida ro‘y bergan g‘ayrioddiy hodisa guvohiga aylanishdi. 

Gap shundaki, shahar osmonida ulkan bulutlar to‘dasi yirik aylana hosil qilib markazga harakatlangan. Bunda ayni jarayon sodir bo‘lish vaqtida kuchli shovqinli ovoz ham eshitilgan. Bir soatlardan so‘ng, bulut tarqab, shovqin yo‘qolgan.

Voqeaga guvoh bo‘lganlar, Qiyomat qoim boshlanishiga odamlarni ishontirmoqchi bo‘lishgan. Ular, o‘z fikrlariga Tavrotda osmondan kuchli surnay ovozi kelishi bilan bu dunyo hayoti yakunlanishi haqida aytilganini asos qilishgan. Bundan tashqari, ayrimlar, Isroildagi masjidlarda ovoz kuchaytirgichlar orqali azon aytish taqiqlanishi sababli shu kabi holatlar vujudga kelganini ta'kidlashmoqda.

Muqaddas Islom dini aqidalariga ko‘ra, Qiyomat sodir bo‘lishi aniq va u osmonda dahshatli surnay chalinishi bilan boshlanadi, biroq, uning qachon va qayyo‘sinda boshlanishini Yaratgandan boshqa hech kim bilmaydi.


 

Mavzuga oid