Tojikiston prezidentining qizi yangi lavozimga tayinlandi
Tojikiston prezidenti Imomali Rahmonning uchinchi qizi Ruhshona Rahmonova Tashqi ishlar vazirligi boshqarmasi rahbari o‘rinbosari etib tayinlandi, deb xabar qilmoqda Asia-Plus.
Ta'kidlanishicha, Rahmonova tashqi siyosat mahkamasida 10 yildan beri ishlab keladi. Avvalroq u Tojikistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasida xizmat qilgan.
Bundan oldin, Tojikiston TIVda prezidentning katta qizi Ozoda Rahmon vazirning birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Davlat rahbarining katta o‘g‘li Rustam Imomali esa davlat moliyaviy nazorat va korrupsiya bilan kurash Agentligi rahbaridir.
Ma'lumot uchun, Tojikistonni 1992 yildan beri boshqarib kelayotgan Imomali Rahmonning 9 farzandi – yetti qizi va ikki o‘g‘li bor.
Mavzuga oid
18:54 / 28.09.2024
Rossiyada O‘zbekiston fuqarolariga pasport olishda noqonuniy yordam bergan jinoiy guruh ushlandi
22:34 / 11.09.2024
Tojikiston muftiysi hujumga uchradi
21:41 / 10.09.2024
Tojikiston o‘z fuqarolariga Rossiyaga safar qilmaslikni tavsiya etdi
20:00 / 02.09.2024