Bolalar ombudsmani yosh bolalar xivchin bilan savalangani aks etgan videoga munosabat bildirdi
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda zo‘ravonlar o‘zbek tilida gapiradi, ammo voqea O‘zbekistonda bo‘lmagan.

Foto: Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda noma’lum shaxs bir necha yosh bolani xivchin bilan savalayotgani aks etgan video tarqalgandi. Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Unda aytilishicha, ichki ishlar organlari tomonidan zudlik bilan o‘rganilib, bir necha kun davomida o‘tkazilgan tekshiruv choralari natijasida ushbu videolavha Tojikistonning Xatlon viloyati Regar tumanida olingani aniqlandi.
Voyaga yetmagan bolalarning onasi ishlash uchun Rossiya ketgani, bolalar tog‘asining qaramog‘ida qolib tazyiq va zo‘ravonlikka uchragani ma’lum bo‘ldi.
Bu zo‘ravonlik holatiga Tojikiston huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan huquqiy baho berilmoqda.
Xabarda ta’kidlanishicha, Tojikistonning Xatlon viloyati O‘zbekistonning Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani bilan chegaradosh hisoblanib, punkt aholisining qariyb 70-75 foizini o‘zbek millatiga mansub fuqarolar tashkil etadi.
Mavzuga oid

16:56 / 27.03.2025
Toshkent viloyatida bolalarni urgan tarbiyachi ishdan olindi

10:12 / 18.03.2025
Ovloq va xavfli joy. Antarktidadagi bazada olimlar o‘z hamkasbidan qutqarishni so‘ramoqda

23:57 / 17.03.2025
Akmal Shukurov Qozog‘istonda ushlandi

13:46 / 17.03.2025