Jahon | 00:05 / 29.11.2016
12686
2 daqiqa o‘qiladi

Kuba xalqi Fidel Kastro bilan xayrlashmoqda

Foto: © EPA/ALEJANDRO ERNESTO

Kuba poytaxti Gavana va Santyago-de-Kuba shahrida 28 noyabrda artilleriya salyutining otilishi Kuba xalqining Fidel Kastro bilan xayrlashishi boshlanganini anglatdi. Gavanada komandante bilan xayrlashish markaziy joyi Inqilob maydonidagi Xose Marti yodgorlik majmuasi bo‘ldi. Bu yerda majmuaning asosiy zalida faxriy soqchilar qurshovida Kastroning Fulxensio Batista diktaturasiga qarshi kurash vaqtidagi surati va mukofotlari namoyishga qo‘yildi.

Barcha yoshdagi kubaliklar mamlakatning milliy qahramoni yodgorligi yoniga komandantening xotirasiga hurmat bajo keltirgani sukut saqlagan holda oxiri yo‘q oqim bo‘lib borganlar.  

26 noyabrdan Kubada 9 kunlik motam e'lon qilindi. Inqilob yetakchisi bilan vidolashish marosimi 28 noyabr mahalliy vaqt bilan soat 22:00gacha davom etadi. Orolda fuqarolar ularning Kuba inqilobi g‘oyalariga sodiqliklarini tasdiqlovchi hujjatni imzolashlari mumkin bo‘ladigan mingdan ko‘proq joy tashkillashtirildi. 

30 noyabrdan boshlab Kastroning hoki 4 kun davomida Gavanadan Santyago-de-Kubaga Kastro boshchiligidagi "Erkinlik karvoni" tomonidan 1959 yil yanvarda bosib o‘tilgan yo‘nalishga teskari yo‘nalish bo‘yicha olib boriladi. Komandantening dafn marosimi 4 dekabrda Santyago-de-Kubada bo‘lib o‘tadi.

 

Mavzuga oid